– rejalashtirilgan tadqiqot natijalari asosida olinadigan yangi qonuniyat nimasi bilan usul, vosita va ilm-fan hamda texnika-texnologiyalardagi oldin mavjudlaridan yangi va ko‘proq amaliy bahoga ega ekanligini aniqlash.
Xususiy muammolarni qo‘yish. Yuqorida qayd etilganidek, muammoni to‘g‘ri va aniq qo‘yish, tadqiqot maqsadi va vazifalarini to‘g‘ri aniqlash, tadqiqot ko‘lamini belgilash va ular asosida tadqiqot manbayini aniqlash ilmiy-tadqiqot ishining muhim bosqichlaridir. Bunda, ayniqsa, bosh muammoni to‘liq ifodalashga imkon beruvchi xususiy muammolar va ular ketma-ketligini hamda aloqadorlik qonuniyatlarini ilmiy talqin qila bilish ham ilmiy-tadqiqot ishini olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunda quyidagi bosqichlarni, ya’ni xususiy muammolar va ular yechimlarini, bosh muammo yechimini topishdagi bosqichlarini qayd etish maqsadga muvofiq:
– tadqiqot manbayi faoliyat ko‘rsatishiga tegishli ko‘rsatkichlar, omillarni o‘rganib chiqish va ular orasidagi mavjud aloqadorlik qonunlarini o‘rganish hamda ko‘rsatkichlar ierarxiyasiga e’tibor berish va nihoyat ma’lumni noma’lumdan ajratish;
– muammoni qo‘yish uchun o‘sha sohadagi ilm-fan, ta’lim- tarbiya, texnika-texnologiyalarning yutuqlarini tadqiqotchi mukam- mal o‘zlashtirgan bo‘lmog‘i lozim, aks holda yechilgan muammoni va hattoki, undan saviyasi pastroq muammoning yechimini topishga ortiqcha vaqt sarf qilinishi mumkin;
– noma’lumlarni cheklash: tadqiqot manbayini aks ettiruvchi (ifodalovchi) ko‘rsatkichlar tabiatini o‘rganish va asosiylarini olib qolish, ikkinchi darajalilarni tashlab yuborish;
– noma’lumlarning aniqlanish va o‘zgarish sohalarini aniqlash;
– muammo yechimining aniq shartlarini belgilab olish va shuning bilan birga muammo turini asoslash;
– butun tadqiqotning umumiy metodologiyasini asoslash, o‘lcham va baholash mezonlarini aniqlash;
– tadqiqot yechimi variantlarining mavjud yechimlardan yangiligi hamda istiqbolli ekanligini asoslash.
Muammoni yoyish. Bir qarashda ilmiy, metodologik, ilmiy-texnikaviy muammolar bir qirrali muammoday bo‘lib ko‘rinadi. Aslida muammoning yechimini topish jarayonida, uning keng qamrovli ekanligi yoki ko‘pqirraliligi aniqlanadi. Muammoning yechimi, ko‘pincha, uning yoyilishi bilan mos keladi, ya’ni xususiy muammolar yechimlarini topishga to‘g‘ri keladi. Ular har qanday xususiy muammolarni bog‘lovchi, aniqlovchi, to‘g‘rilovchi xususiyatga ega bo‘lgan bosh muammo atrofida jamlanadi. Bunday xususiy muammolarni yechish tadqiqotchini bosh muammo yechimiga javob izlashda ma’lumotlar, axborotlar va dalillar bilan ta’minlaydi.
Xususiy muammolar ma’lum darajada asosiy muammoning rejalariga o‘xshash bo‘ladi. Bunda tadqiqot manbayini yangi aloqadorliklar bilan o‘rganish, yangi manba bilan yoki manbani yangi sharoitda o‘rganishga tenglash mumkin.
Ilmiy-tadqiqot ishining markaziv muammosi – muammo har xil turdagi (nazariy, nazariy-amaliy. amaliy) jihatlardan iborat ekanligi va ular orasidagi bog‘lanishning xilma-xilligidir. Ular ba’zi hollarda alohida tadqiqot mavzusi sifatida ham ko‘rinishi mumkin va hattoki, alohida kichik muammo yoki mustaqil muammo sifatida ham qaraladi.
Yuqorida keltiriIgan ma’lumotlar asosida quyidagicha fikrlarni keltirish mumkin:
– biror-bir muammo (xususiy muammo bosh muammoga yoki boshqa bir yo‘nalishdagi muammoga) o‘sib, o‘rganilib, takomillashtirilib, tadqiqot maqsadiga ozgina o‘zgartirish kiritilib, boshqachasiga aylantirilishi mumkin;
– biror-bir muammoni o‘rganish davomida, yangi fikr va yangi savollar (muammolar) yuzaga chiqadi, bosh muammoning muhim jihatlari ko‘payadi (kengayadi);
– biror-bir muammo yechimini topishda, boshqa muammoning tug‘ilishi bosh muammoning kattagina ko‘lamda yoyilishini tug‘diradi.
Bugungi ta’lim tizimi, uning maqsadi va vazifalari. Respublikamiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ta’lim-tarbiya oldiga qo‘yilgan muammo yechimiga mos kelishi kerak. Jahon miqyosida hukm surayotgan fan-texnika taraqqiyoti mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish va uning kelajagini belgilab borishdagi kishilar intellektual salohiyati haqidagi axborotning muhimligini ko‘rsatmoqda.
Jamiyatning intellektual salohiyatiga mos bo‘lgan kelajak avlodni tarbiyalash ham bu boradigi muhim muammolardan iborat bo‘lib, ularning yechimini topish esa, «XXI asr – intellektual asr» ning faol ishtirokchisini tarbiyalash kabi istiqbolli natijalarni qo‘lga kiritishni taqozo etadi.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni murakkab ko‘p qirrali, ko‘p holatli, o‘ziga hos dinamik tizimdir. Shu sababli uni optimal boshqarish variantlarini topish tadqiqotchilardan katta ilmiy salohivatni talab etadi. Bugungi kunda ta’lim metodlari, usullari va texnologiyalari zamon talabi asosida kengayib bormoqda. Bir vaqtning o‘zida ta’lim-tarbiya jarayonining turli jabhalarini qamrab oluvchi kompleks bilimga ega bo‘lishga har qanday xalq ta’limi tizimi xodimining qobi- liyati yetarli bo‘lavermaydi. Bunday hollarda albatta, ta’lim-tarbiya haqidagi ma’lumotlar, ma’lumotlar ombori, axborotlar, axborotlar banki, axborotlashtirish texnologiyalari haqidagi bilimlar banki katta imkoniyatlarni qoiga kiritishga keng sharoitlar yaratib beradi.
Kelajakda nafaqat bilimlar banki, balki ta’lim tizimini egallash kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malaka ham jahon ta’limi talablariga javob beradigan bo‘lishi lozim. Shu sababli xalq ta’limi tizimi oldiga qo‘yilayotgan qator vazifalar davlat siyosati darajasiga aylantirilgan. Shuning bilan birga samarali ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqarish va ularni amaliyotda joriy etish bugungi kundagi ilmiy-tadqiqot ishimiz diqqat markazida bo‘lmog‘i lozim.
Bunda ilmiy-tadqiqot ishining ilmiy-nazariy asoslarini e’tiborga olgan holda ta’lim texnologiyalarini yaratishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
– rejalashtirilgan ta’lim texnologiyasiga ijtimoiy-pedagogik asoslar nimalardan iborat ekanligini aniqlash;
– ta’lim texnologiyasining jarayon sifatida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan ierarxik qat’iy ketma-ketligi mavjudligini aniqlash va ularning funksional tuzilmasi nimalardan iboratligini belgilash;
– mavjud texnologiya bugungi kun talabi va jahon ta’limi talablariga mos kelishligini o‘rganib chiqish;
– agar qaralayotgan ta’lim texnologiyasi yaxlit tizim sifatida qaralsa, uning tuzilmasi tashkiliy-funksional qism tizimlar (element- lar) bo‘yicha ifodalash mumkinligini o‘rganish;
– ta’lim texnologiyasining maqsadini o‘rganilayotgan o‘quv predmeti (muayyan tarbiya jarayoni) maqsadlari bilan mos keltirish.
Ta’lim texnologiyasi – aniq bir o‘quv predmetini o‘qitishning ilmiy asoslangan qonun-qoida, metod va usullaridan iborat bo‘lib, u ta’limda ko‘zlagan maqsadga erishish bosqichlarini o‘zida aks ettirgan va ta’lim jarayonini maqsadga muvofiq boshqarishga erishish imkonini beruvchi jarayondir.
Pedagogik tadqiqotlarni olib borishda. ayniqsa, pedagogik samaralar beradigan ilmiy-uslubiy ishlanmalar yaratishda nazariy xulosa va umumlashtirishlarga tayanadigan ham nazariy, ham amaliy fikrlash tadqiqotchida rivojlangan bo‘lishi kerak. Bu borada tatqiqotchi ilmiy fikrlash uchun quyidagilarga e’tibor berishi kerak:
– tadqiqot maqsadini aniq ifodalay bilishi kerak;
– ilgari bajarilgan nazariy yoki tajribaviy (eksperimental) tatqiqotlarga tayanadigan farqni ishlab chiqqan bo‘lishi zarur;
– tadqiqot metodologiyasini shakllantirgan bo‘lishi lozim;
– tadqiqot bosqichlarini aniqlab chiqa olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak;
– ishlab chiqilgan uslubiyat va rejaga mos qo‘shimcha xususiy tadqiqotlar ham o‘tkaza olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur;
– olingan natijalarni ilmiy-uslubiy jihatdan tahlil qila olishi kerak;
– xulosalarni ifodalashning tavsifli ekanligini vodda tutishi lozim.
Pedagogik tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha ilm-fan tarixidagi dalillar misolida ilmiy izlanishning mantiqiy ketma-ketligi haqida ilmiy fikrlar tadqiqotchida shakllangan bo‘ladi. Bunda olimlarning u yoki bu nazariy yoki eksperimental kashfiyotlarga qanday erishganliklari tahlili haqidagi ma’lumotlar muhim rol o‘ynaydi. Qanday muammolar olimlarni tadqiqotlar bilan shug‘ullanishga undaganligini, nima sababdan fan rivojlanishi bosqichida ushbu muammo hal etilganligini, bu tadqiqot texnika va iqtisodiyotning rivojlanishi bilan qanday bog‘langanligini ochib berish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, tadqiqotchida dialektik fikrlash usulining shakllanishida zarur omil bo‘lib hisoblanadi. Bularni e’tiborga olib pedagogik tadqiqotlar olib borishda muayyan yo‘nalish bo‘yicha bilimlar tizimini ishlab chiqish kerakki, ularni bajarish davomida tadqiqotchi deduksiya usulidan foydalanib, ilmiy-uslubiy ishlanmalar haqida xulosalar chiqara olishga erishsinlar.
Ma’lumki, har bir tadqiqotchi oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni o‘rganish. O‘zlashtirish va rivoj lantirish vazifasi turadi. Inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotini shularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun ta’lim tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish, yosh avlodni ilm-fan
asoslari bilan chuqur qurollantirish lozim. Zero, ilm olish va uni takomillashtirish yo‘lidagi izlanish hamda zahmatlar insonning e’tiqodi va dunyoqarashini shakllantirib, uni ma’naviy-axloqiy kamolot sari yetaklaydi. Bu borada olib borilayotgan pedagogik tadqiqotlar amaliy ahamiyatining roli beqiyos.
Shu sababli pedagogik tadqiqotlarning ilmiy-nazariy asoslari bilan, ularning amaliy ahamiyati ham e’tiborga olinadi. Amaliy ahamiyatini ilmiy asoslanganligini baholashda, bu boradagi ilmiy-nazariy ishlanmalarni nechog‘lik amaliyotga foydasi tegishini tajriba-sinov ish- lari natijalaridan ko‘rish mumkin.
Olingan natijalar tahliliga asoslanib, ta’lim oluvchilar va beruvchilardagi bu bilimlar, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bilan belgilangan milliy yo‘naltirish tamoyillarini to‘liq amalga oshirish imkoni yetarliligi aniqlanadi. Bunda, asosan tajriba-sinov ishini amalga oshirish xususiyatlaridan kelib chiqib, ta’lim oluvchini tegishli axborotlar bilan ta’minlashda zamonaviy axborot texnolo- giyalaridan foydalanish shakllari, usullari, vositalari va mazmuni ishlab chiqiladi.
Pedagogik tadqiqotlar xususiy o‘qitish metodikasiga tegishli bo‘lganda, asosan, natijalarni miqdoriy taqqoslash mezonlari va ularning geometrik interpretatsiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda, asosan, yaratilgan ta’lim texnologiyasi bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari bilan nazorat guruhidagi sifat ko‘rsatkichlari taqqoslanadi va ularga miqdoriy tavsiyanomalar berilib, shular asosida uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi.
Ilmiy-tadqiqot ishining keyingi bosqichida belgilangan pedagogik samaradorlik mezoni asosida tajriba-sinov ishi natijalarini baholashda ishlab chiqilgan ta’lim texnologiyasini amaliyotga qo‘llashdagi tajriba-sinov ishi natijalari bo‘yicha muammo qilib qo‘yilgan maqsadga erishganlik tashxis qilinadi. Bu jarayon ham o‘ziga xos ijodiy jarayon bo‘lib, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari va ularning samaradorligi kelajakda shug‘ullanilayotgan yo‘nalish taraqqiyotiga mazkur ishlanmalar ta’siri salmog‘ini baholay bilishdan iboratdir. Keyin tadqiqot natijasining mos sohasini takomillashtirish va rivojlantirish shu tariqa bashorat qilinadi.
Shakllangan tashxis va bashorat orqali ilmiy-tadqiqot ishiga xulosa chiqarilib. umumlashtirilib, erishilgan maqsad aniqlanadi va undan tadqiqotning nazariy hamda amaliy ahamiyati hisobga olinib, yaratilgan ishlanmalarni amaliyotga qo‘llashga yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar tayyorlanadi.
Ilmiy-tadqiqot ishining qayd etilgan amaliy ahamiyatining bahosi rasmiylashtiriladi va lozim topilganda ulardan ommaviy foydalanish uchun risolalar tayyorlanadi.
Ilmiy-tadqiqot ishining qayd etilgan ketma-ketligini joriy qilish- da, o‘z navbatida, tadqiqotchidan dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish. qayta ishlashdan tortib, ta’lim modullari yoki modellarni tuzish uchun ilmiy-tadqiqot ishini yuqori saviyada olib borishni talab etadi. Tabiiyki, bu bilan ishlab chiqilgan ta’lim texnologiyalarining hayotiyligi oshadi va pedagogik samaradorlikni ta’minlash kafolatlanadi.
Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Pedagogika fani nima haqida bahs yuritadi?
2. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasini aytib bering.
3. Pedagogika fanining bo ‘limlari deganda nimani tushunasiz?
4. Pedagogika fanining dolzarb muammolarini aytib bering.
5. Pedagogika fanining vazifalari nimadan iborat?
6. Pedagogikaning metodologik asosini nima tashkil etadi?
7. Intellektual avlod tarbiyasi deganda nimani tushunasiz?
8. Pedagogika fanining rivojiga hissa qo ‘shgan Sharq va О‘rta Osiyo olimlaridan kimlarni bilasiz?
9. Komil inson tarbiyasi deganda nimani tushunasiz?
10. Pedagogikaningshug‘ullanuvchi sohasi maqsadi va vazifala- rini ifodalovchi shaklni tushuntiring.
11. Ilmiy-tadqiqot ishi haqida tushuncha bering.
12. Ta ‘lim texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?
13. Pedagogik tadqiqot olib borishda nimalarga e ‘tibor qaratish kerak?
14. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganda nimani tushunasiz?
15. Kuzatish metodini tushuntirib bering.
16. Pedagogik eksperiment va uning turlarini izohlab bering.
17. Anketa metodi deganda nimani tushunasiz?
18. Ilmiy-tadqiqot jarayonining uzluksizligi deganda nimani tushunasiz?
19. Test sinovlari metodining vazifasi nimadan iborat?
20. Pedagogik ilmiy xodimlar tayyorlash jarayonining uzluksizligi nima?
Test savollari
1. Inson tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi fan bu…
A) Psixologiya B) Pedagogika
D) Tarixiydagogigika E) Filosofiya
2. Pedagogik fanining ilmiy-tadqiqot usullari…
A) Kuzatish usuli, suhbat usuli
B) Hikoya usuli, suhbat usuli, ma’ruza
D) Induktiv usuli, deduktiv usuli
E) Illustrativ uslubi, demonstrativ uslub
3. «Pedagogika» atamasining ma’nosi nimani anglatadi?
A) Bolani o‘qitaman
B) Bolani yetaklayman
D) Bolani tarbiyalayman
E) Bolani tarbiyalayman va o‘qitaman
4. Pedagogika fanlari tizimi qaysi variant javobida to‘g‘ri ko‘sratilgan?
A) Umumiy pedagogika, ijtimoiy pedagogika, kasb ta’lim
B) Maktabgacha ta’lim pedagogikasi metodikasi, pedagogika tarixi, ta’limni boshqarish va boshqalar
D) Umumiy pedagogika, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, korreksion (maxsus) pedagogika, surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogikasi va logopediya
E) Pedagogik mahorat, ijtimoiy pedagogika, pedagogika tarixi
5. Pedagogika fani konsepsiyasining asosiy mazmun-mohiyati nimadan iborat?
A) Pedagogika faninig rivojlanish istiqbollarini belgilashdan
B) Pedagogika fanining yangi yo‘nalishlarini belgilashdan
D) Pedagogika fani erishgan yutuqlarni targ‘ib qilishdan
E) Pedagogika fani erishgan yutuqlarni amaliyotda qo‘llashdan
6. Qaysi olimnmng asarida pedagogika alohida fan maqomiga ega bo‘ldi?
A) Abu Ali Ibn Sinoning «Donishnoma» asarida
B) Abu Nasr Forobiyning «Baxt-saodatga erishuv» asarida
D) Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida
E) Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika» asarida
7. Pedagogikaning bosh masalasi…
A) Tarbiya B) Barkamol inson
D)Ta’lim E) Ta’lim-tarbiya
8. Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
A) Matematik-statistik, evristik, innavatsion tajriba
B) Tabiiy tajriba. laboratoriya tajribasi. tajribi ishi
D) Bolalarni ijodini o‘rganish, statistika va boshqalar
E) Laboratoriya tajribasi, amaliy tajriba. anketa-sinov tajribasi
9. Pedagogika tarixi qanday fan?
A) Siyosiy B) Huquqiy D) Ijtimoiy E) Didaktik
10. «Pedagogiya, ya’ni bola tarbiyasining fani, demakdir», pedagogikaga bu ta’rif kim tomonidan berilgan?
A) Shakuriy B) Hamza D) Avloniy E) Ayniy
11. Pedagogika olamiga «evristik» savol-javob suhbatning metodini olib kirgan faylasuf kim?
A) Aflotun B) Suqrot D) Arastu E) Demokrit
12. Pedagogika fanining predmeti nimadan iborat?
A) Ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari va mazmunidan
B) Ta’lim-tarbiyaning usullari va vositalaridan
D) Dunyoning moddiy va ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligidan
E) Hamma javoblar to‘g‘ri
13. Pedagogika fanining asosiy ilmiy-tadqiqot metodlari nechta?
A) 10 ta В) 11 ta D) 12 ta E) 13 ta
14. Pedagogika qanday fan?
A) Shaxs haqidagi fan B) o‘quvchilar haqidagi fan
D) O‘qitish haqidagi fan E) Tarbiya haqidagi fan
15. Pedagogika tizimining maqsadi nima?
A) Barkamol insonni tarbiyalash
B) Insonni ma’rifatli va ma’lumotli qilish
D) Bilimni oshirish
E) Pedagogik faoliyatni o‘stirish
16. Pedagogik nazokatning mag‘zi bu…
A) Tarbiyalanuvchilarning muomalasi
B) Tarbiyalanuvchilarning shaxsga bo‘lgan hurmati
D) Tarbiyalanuvchilarning xatti-harakati
E) Tarbiyalanuvchilarning xushfe’lligi
17. Inson bu…
A) Tirik biologik mavjudot
B) Ijtimoiy mavjudot
D) A va В javob to‘g‘ri
E) Muayyan jamiyatning a’zosi
18. Zamonaviy pedagogika faniga qaysi javobda to‘g‘ri ta’rif berilgan?
A) Tabiatning oliy mahsuli
B) Insonning ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk bo‘lib shakllanishiga, uning shaxs sifatida rivojlanishiga xizmat qiladigan fan
D) Barkamol shaxs bo‘lib yetishishdagi qonuniyatlarni o‘rganuvchi fan
E) Barcha javoblar to‘g‘ri
19. Pedagogikaning bosh masalasi nima?
A) Tarbiya B) Bilim
D) Odob-axloq E) Malaka
Insonni inson qilib yetishtiruvchi narsa – tarbiyadir.
Demokrit
О проекте
О подписке
Другие проекты
