Читать книгу «PEDAGOGIKA» онлайн полностью📖 — J. Hasanboyev — MyBook.
image

YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra. hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bilan band bo‘lgan aholining yarmidan ko‘proq qismi ma’lumotlar yig‘ish. ishlab chiqish, qayta ishlash va tarqatish (uzatish) bilan shug‘ullanmoqda. Bunday muhim asosni fanlarning pedagogika fani bilan o‘zaro integratsiyasi, avniqsa, zamonaviy axborot texnologiyalarisiz va innovatsion yondashuvlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni va uni olib borish uchun yaratiladigan axborot texnologiyalari va tizimarining yaratilishida intellektual salohiyatli barkamol avlodning ijodiy mehnati, izlanuvchanligi, tashabbuskorligi, yangilikka qiziquvchanligi va shu kabi innovatsion jarayonlarga kirib borish qobiliyati e’tiborga olinadi va bu jarayon rejalashtirilgan natijani qo‘lga kiritgunga qadar davom etadi. Bu biron ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llanilayotgan turli maqsadlardagi bilim berishning ilmiy-uslubiy yo‘llari bo‘lib, bilim olishning chegarasini va ilmiy tafakkurni ken- gaytiradi, fazoviy fikrlashni. ijodkorlikni va sezuvchanlikni (sinchkovlikni) rivojlantiradi.

2.4. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari. Metod haqida tushuncha

Metod (lotincha metodas – yo‘l so‘zidan) – tadqiqot yo‘li nazariy ta’limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida «metod» so‘zi keng ma’noda muayyan maqsadga erishish yo‘lini, tor ma’noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi. Obyektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o‘rganish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro uzviy bog‘liqdir.

Pedagogika fani o‘z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullar bilan o‘rganadi. Umuman, pedagogika amaliyotida, o‘qitish usullari va metodlarining katta boyligi to‘plangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar, o‘qitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi va boshqalar hisobga olinadi.

Ushbu ilmning ilmiy-tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo‘lgan ichki yo‘llari, uslublari va vositalari majmuyi tushuniladi. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot usullari qanchalik to‘g‘ri tanlansa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi. Ammo shuni ta’kidlamoq lozimki, ilmiy-tadqiqot metodlari tizimi hozirgacha fanda to‘la yaratilmagan, hal etilmagan.

Mavjud metod (usul)lar asosan quyidagilardir:

• adabiyotlarni o‘rganish metodi;

• kuzatish metodi;

• suhbat metodi;

• bolalar ijodini o‘rganish usuli;

• maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi;

• eksperiment – tajriba, sinov usuli;

• test sinovlari metodi;

• statistik ma’lumotlarni tahlil qilish usuli;

• matematik va kibernetik usullar;

• sotsiologik tadqiqot metodi.

«O‘qitish metodi o‘qituvchi va o‘quvchilar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo‘ldir»,

– deydi professor R.A.Mavlonova. U o‘qish metodlariga quyidagi muayyan talablarni qo‘yadi:

1. O‘quv materialini o‘rganishning o‘qituvchi tavsiya etgan yo‘li.

fikrlashning dialektik-materialistik usuli, mustaqil qarashlarga, irodaviy xususiyatlar va xulqning shakllanishiga olib borishi kerak. Ana shu talab nuqtai nazaridan metod tarbiyaviy tusda bo‘lishi lozim.

2. O‘qish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo‘lishi zarur. Shundagina o‘qituvchi mazkur metod orqali qanday masalalar qo‘yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo‘lmasligini bila oladi.

3. O‘qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.

4. O‘qitish metodining tushunarliligi: o‘qitishning yo‘li o‘quvchi uchun qabul qilinishi va qo‘llanishi, o‘quv materialini o‘rganishning usuli esa bilimlarni o‘zlashtirishning imkoniyatlariga muvofiq bo‘lishi lozim.

5. O‘qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir.

6. Bilimlarning puxtaligi va asosliligiga e’tibor.

7. O‘qitish metodikasida nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi.

Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko‘zda tutiladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo‘yishni, unga erishish bo‘yicha faoliyat usulini, ana shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘qituvchi va o‘quvchilarning xatti-harakatlariga asoslangan pedagogik metod natijasida o‘quvchilar bilim, iqtidor va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, o‘z dunyoqarashini, tafakkurini va ma’naviyatini yuksaltirishga erishadilar.

Ta’lim-tarbiyaga taalluqli xatti-harakatlarni tafakkurga asoslanib tahlil qilish pedagogika va didaktikada yagona usul hisoblanadi.

Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika», K.D.Ushinskiyning «Inson tarbiya predmeti sifatida» asarlarida masalaga shunday yondashishni ko‘rish mumkin.

O‘quv-tarbiya jarayoni haqidajiddiy xulosa chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan emperik tadqiqotlar natijalariga asoslanish zarur.

Adabivotlarni o‘rganish metodi – pedagogik adabiyotlarni o‘rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma’rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiyotiga, mafkurasiga va ma’naviyatiga doir adabiyotlar, O‘zbekiston Birinchi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, tadqiqot mavzusiga doir darsliklar. monografiyalar, risolalar va maqolalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik-psixologik tadqiqotlar, dissertat- siyalar o‘rganiladi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi.

Kuzatish metodlari – kuzatish adabiyotlarni o‘rganishdan bosh- lanadi. Kuzatishni tadqiqotchi biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish muddatiga ko‘ra, ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish. Qisqa kuzatish – obyektning kundalik faoliyatidagi o‘zgarishlaridan ma’lum xuiosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatishda qo‘yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma’lum ilmiy, yakuniy xuiosaga kelinadi. Kuzatishni yakuniy qayd qilishda kinosyo‘lka, videoyozuvi, televideniye va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin. Kuzatish metodidan to‘g‘ri foydalanish o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi, yangi ijodiy faoliyatga boshlaydi.

Suhbat metodi – tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodisalari haqida bilib olish maqsadida maxsus shaxslar bilan og‘zaki savol lar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida mantiqan mazmunli, tartibli. aniq ifodaga ega bo‘lishi lozim va uni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab, tuzib, natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida intervyu olish ham mumkin. O‘rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi.

Pedagogik eksperiment – har qanday pedagogik tadqiqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi. pedagogik jarayonlarning ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va munosabatlar aniqlanadi. Pedagogik eksperiment ikki turga bo‘linadi: qayd qiluvchi va shakllantiruvchi. Qayd qiluvchi eksperiment orqali ta’lim yoki tarbiya jarayonidagi mavjud muammolar aniqlanadi. Shakllantiruvchi eksperimentda esa zaruriy ma iumotlar o‘quvchilarda shakilantiriladi. Pedagogik jarayonni aniqroq o‘rganish maqsadida eksperimentator o‘zi tashkil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki ma’lumotlarni, aniq sharoitlarni va o‘qitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek, eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishni talab etadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperiment o‘tkazish va natijalarni sharhlash, rejalashtirish, eksperimet maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijasiga ta’sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini aniqlash, kerakli kuzatishlar soni, eksperiment o‘tkazish tartibi. olingan natijalarni tekshirish metodlarini qo‘llash. Eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib borilishi kerak. Sharhlash bosqichida ma’lumotlar yig‘iladi va qayta ishlanadi. Eksperiment o‘tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak, ya’ni:

1. Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining aniq bo‘lishi.

2. Tadqiqot medodlarining ishonchliligi.

3. Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish.

Turli metodlarning o‘zaro qo‘shib olib borilishi pedagogik tadqiqotlarning samaradorligini va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematik metodlarning hamda hisoblash-yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment natijalarining pedagogikaga kirib kelishi ham yordam beradi. Odatda, o‘rtacha arifmetik miqdor, modda, meridian, dispensiya, tanlab olinadigan to‘plam majmuyining o‘rtacha kvadratik chetga chiqishi, o‘rtacha olingan qiymat xatosi, belgilarni tuzatish koeffitsiyentlari hisoblab chiqariladi. Ilmiy-tadqiqot natijalari amalda qo‘llaniladi. Tugallangan tadqiqotda eng muhim narsa uning natijalari amalda qo‘llanilishidir. Mustaqil O‘zbekiston sharoitida yangi ilmiy bilimlar juda tez to‘planib bormoqda. Biroq, ularni amaliy ishga joriy etish yo‘lida qiyinchiliklar borligi ko‘zga tashlanmoqda.

Bu qiyinchiliklar o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish haqidagi bilimlarning ortib borishi bilan ulardan foydalanishning faol imkoniyatlari o‘rtasidagi nomuvofiqlikdan iboratdir. Shunday bo‘lsada, bu ularni joriy etish yuzasidan maqsadga muvofiq ishlar olib borishni istisno etmaydi. Joriy etish jarayoni pedagogik tajribani tako millashtirishga qaratilgan faoliyat deb qaraladi. Shu sababli joriy qilinishi lozim bo‘lgan tavsiyalarga yuqori talablar qo‘yiladi. Talablarning ilmiy asoslanganlik darajasi, ular mazmunining aniqligi peda- goglar bilan o‘quvchilarning mo‘ljallangan kuch-g‘ayrati mezonini to‘g‘ri baholashni nazarda tutadi. Joriy etish butun tadbirlar kompleksi bo‘lib, u olingan xulosalar haqida pedagogik jamoatchilikni xabardor qilishni, yangi o‘quv va metodik qo‘ llanmalar yaratishni, metodik yo‘l-yo‘riq va metodik tavsiyalar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.

Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi – pedagogik hodisalar va faktlarni tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal va chuqur o‘rganmoq lozim. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda ta’lim qonuniga amal qilinmog‘i kerak. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda, o‘quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini, uning iqtidorini hamda ilg‘or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini ko‘rsatgan taqdirdagina to‘liq qiymatga ega bo‘ladi.

Shuningdek, o‘quvchilarning umumiy miqdori, uning o‘sishi yoki kamayishiga sabablari tavsifi, o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish darajasiga, sinfdan qolishning oldini olish, rag‘batlantirish va jazolash choralari turlariga, maktabning moddiy bazasiga e’tibor beriladi.

Bolalar ijodini o‘rganish metodi – maktab o‘quvchilari ijodini hamda ularning turli-tuman ishlarini o‘rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli o‘quvchilar aqliy qobiliyatlari, olijanob axloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinch- kovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va omillarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishninig to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgan.

Statistik ma’lumotlarni analiz va sintez qilish metodi – pedagogik tadqiqotning kerakli statistik ma’lumotlarini ma’lum bir maqsad bilan tizimli o‘rganish, mustaqil O‘zbekistonda fan, madaniyat, ta’lim-tarbiyaning taraqqiy etishiga salmoqli hissa qo‘shadi.

Xalq ta’limi sohasidagi, jumladan. ajratilgan mabiag‘iarning doimiy o‘sib borishi, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ko‘rgazmali qurollar, o‘qituvchi kadrlar tayyorlash. maktab qurilishi, xo‘jalik shartnomalari va ulardan tushadigan mablag‘lar statistika usuli orqali aniqlanadi.

Anketalar metodi – o‘quvchilardan so‘rash usuli bo‘lib, u o‘quvchilar jamoasining bilimlari to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni olish, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash hamda kasbga yo‘llashni belgilash uchun maxsus shaklda ishlangan bo‘lmog‘i lozim. Anketada ko‘zlangan maqsadga muvofiq savollar bo‘lib, ularning javoblaridan pedagogik natijalar kelib chiqishi ko‘zda tutiladi.

Yozma javoblarni ommaviy ravishda yig‘ib olish metodi anketa metodi deb ataladi. Anketalar ishlab chiqarish – murakkab ilmiy jarayon. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, anketalar anketa ma’lumotlarini EHMni qo‘llab, matematik- statistik metodlar bilan ishlashga imkon beradigan qilib tuziladi. Hujjatlaming yetarli darajada aniqlik bilan shunday tahlil qilinishi pedagogik jamoalarning real faoliyatidagi bog‘lanishlar va bog‘liqliklami aniqlashga yordam beradi.

Hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari – hozirgi zamon ishlab chiqarishi, fan va texnikasining talab hamda manfaat- lari turmushda sinalgan texnika vositalari, hisoblash matematikasi va kibernitika usullari maktab ishida va pedagogikada qo‘llanishini talab qiladi. Pedagogik-kibernetika shakli bilim berish jarayonini o‘qitish, bilim berish jarayonini boshqarishning alohida shakli sifatida o‘ziga xos xususiyatga ega. Shuning uchun pedagogik jarayon bilan ishlab chiqarish jarayonlarini avto‘latlashtirish o‘rtasida katta farq bor.

Pedagogik tadqiqotlarda kino, ovoz texnikasi, foto, televideniye singari texnika vositalaridan keng foydalaniladi. Ular o‘quvchilarning bilish jarayonini faollashtirishga yordam beradi. Bolalar uchun qo‘shimcha rag‘batlantirish omillarini hosil qiladi. Ko‘rsatilgan vositalarning har biri bolalarning yoshini hisobga olgan holda o‘quv fani va pedagogik jarayonni mukammallashtiradi.

Sotsiologik tadqiqot metodi – anketa savollari kiritiladi. Bundan maqsad talaba-yoshlarning kasb-hunarga bo‘lgan munosabatlarini, talabalar orasidagi do‘stlik munosabatlarini aniqlash, o‘zi ta’lim-tarbiya olayotgan oliy o‘quv yurtidagi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va kamchiliklarni. yoshlar orasidagi munosabatlarni, dinga (xususan. tasavvufga) bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma’naviy sifatlari darajasini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ilmiy va kasbiy mahoratlarni oshirishdagi mashg‘ulotlar turi, stepindiyalar miqdori, ota-onalarning moddiy yordami, ularning ma’lumoti, ish joyi, talabalarning yashash joyi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ta’sir etuvchi omillar, ularning onglilik darajasi jarayoni, ma’naviy sifatlar, komillikka erishish uchun tez- roq qutilish kerak bo‘lgan salbiy sifatlarni aniqlashdir.

Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro‘yobga chiqarish bosqichlarida yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda, ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanish kafolatlarining ustuvorligi- ni ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish kabi masalalar pedagogik tadqiqotning asosini tashkil etadi.

Ma’lumki, har qanday ilmiy-tadqiqot ishida, avvalo, soha, yo‘nalish aniqlanishi va undagi muammo shakllanmog‘i lozim.

Muammo – bu ilmiy-tadqiqot ishidagi yechimi talab qilinadigan nazariy yoki amaliy masala bo‘lib, u mavzuning dolzarbligi asosida ifoda qilinadi. Ular ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-metodologik jihatdan tadqiq etiladigan masaladan iborat bo‘ladi.

Ilmiy-tadqiqot ishida muammo shunday jarayonki, u mavzu dolzarbligi va ishchi gipoteza asosida ifodalanadi va oxirgi yechimga yetib bormaguncha u haqda to‘liq bilimga ega bo‘la olmaymiz, ammo shuni bilamizki, u ilm-fan rivoji va jamiyat talabi bilan paydo bo‘ladi. Bu haqda Abu Rayhon Beruniy: «Ilm-fan kishilarning hayotiy ehti- yojlarini qondirish zaruratidan paydo bo‘ladi», degan qimmatli fik- rini aytgan edi. Demak, ilmiy muammo sababsiz paydo bo‘lmaydi, ular doimo mavjud ilmiy salohiyat va ilmiy ishlanmalar asosida paydo bo‘ladi hamda muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib boradi.

Ilmiy-tadqiqot ishi davomida muammoni to‘g‘ri qo‘yish va unga mos tadqiqot maqsadini aniqlash muhim bosqich hisoblana- di. Muammo qo‘yilishida mavjud bilimlar asosida maqsadga erisha

olmaslik bo‘lib, unda ilgarigi bilimlar asosida tubdan yangicha yon- dashuv, ya’ni yangi qonuniyatni ochish imkoni bilan bog‘liq ishchi farazni to‘g‘ri ifodalay olish muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, bu yangi bilim amalda jamiyatga zarur ekanligi faraz qilinadi.

Muammo qo‘yilishida quyidagicha bosqichlarga e’tibor berish lozim:

– muammoni izlash;

– xususiy muammoni qo‘yish (muammo yechimiga erishish uchun maqsadlar ketma-ketligini ifodalash);

– muammoni yechish.

Muammoni izlash. Ma’lumki, ilm-fan sohalari hamda tarmoqlari ko‘p, ularga mos muammolar ham yetarli. Ko‘pincha, ilmiy, ilmiy- metodologik, texnologik va texnikaviy muammolar ilmiy xodimlar va mutaxassislarga yaqqol sezilib turadi. Shu sababli ular muammoni izlashga katta mehnat sarf qilmaydilar.

Muammoni izlash va tanlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

– qo‘yilgan muammoni yechmasdan, belgilangan yo‘nalishda metodni, metodologiyani, texnologiyani va texnikani yanada rivojlantirish va takomillashtirish mumkinligiga ishchi farazni shakllantira olishlik;

– rejalashtirilgan tadqiqot ilm-fanga va ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga muayyan nima berishini aniqlash;

1
...
...
12