O‘spirinning tana tuzilishidagi organlarning (qo‘l, oyoq, ko‘krak qafasi, yelka) bir-biriga muvofiqsizligi o‘spirinlik davriga kelib, asta-sekin yo‘qola boradi. ularning qomatlari shakllanadi. Tana massasi bilan yurakning hajmi o‘rtasidagi munosabatda uyg‘unlik, orqa umurtqa suyaklari bilan tananing tuzilishida muvofiqlik vujudga keladi. Muskullarning kuchi va ish qobiliyati ortadi. Ichki sekretsiya bezlarining faoliyati muvozanatlashadi. Jinsiy yeti 1 ish, asosan, tugaydi. Ba’zi o‘spirinlarda bunday yetilish ortda qoladi. Bunga sabab, bolalikda kechirgan og‘ir kasalligi, organizmning kuchsiz, nimjon yoki dardchilligi bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda o‘smirlar rivojlanishi (tezlashish) tufayli o‘spirinning yetilishi ham tezlashadi va yuqorida qayd etilgan holat deyarli kuzatilmaydi.
O‘spirinlarda organlarning tarkib topishi va organizm to‘qimalaridagi takomillashish nihoyasiga yetadi. Ular jismoniy kuchli, xushbichim va sog‘lom bo‘lganliklari tufayli tetik va quvnoq hayot kechiradilar. O‘spirinlar miya hujayralarining tuzilishida ro‘y bergan takomillashish, asab tizimi va faoliyati mazmunining o‘zgarishiga olib keladi.
O‘spirin faoliyatining asosiy turi o‘qish bo‘lib qolaveradi. Bilimlar hajmi kengayadi. Ular ijtimoiy munosabatlar, xususan oila, moliyaviy, me’yoriy, ma’muriy, xo‘jalik, mehnat hamda jismoniy faoliyatlar mohiyatini teran tushunishga intila boshlaydi. Shu sababli, mazkur yosh davrida ularga ijtimoiy-ma’naviy bilimlarni berish maqsadga muvofiqdir. O‘spirin nazariy ma’lumotlar mazmunini tahlil eta olish imkoniga ham ega bo‘ladi. Oilaviy, xo‘jalik, oldi-sotdi xususidagi munosabatlarni tashkil etish, maishiy va aloqa xizmatlari, shuning- dek. jamoat transportidan foydalanish chog‘ida, ularda ijtimoiy bilimlarni egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqish hosil bo‘ladi. Ehtiyoj hamda qiziqish o‘z-o‘zidan ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga bo‘lgan rag‘batni yuzaga keltiradi.
O‘spirin ijtimoiy munosabatlar mohiyatini anglashga, ular haqida chuqur mulohaza yurgizishga intilar ekan, ularda axloqiy (ma’naviy) tasavvur va idrok hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy va barqaror diqqat esa, ularning ma’naviy tafakkurining shakllanishiga imkon yaratadi, natijada, ular ijtimoiy munosabatlar borasida mantiqiy asosli fikr yurita boshlaydilar.
O‘spirin yoshda o‘quvchilar turli o‘quv fanlarining nazariy va metodologik asoslarini egallashga intiladi, fanlararo aloqadorlik va bog‘liqlik xususida fikr yurita boshlaydi. Shu bois. ta’lim va tarbiyani tashkil etishda fanlararo aloqadorlikdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiyot va ekologiya asoslari, mehnat hamda harbiy ta’lim kabi fan va maxsus kurslar doirasida iqtisodiy, ekologik, mehnat va harbiy faoliyatlarning ma’naviy asoslari, oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlaming berilishi o‘spirinlarda ma’naviy savodxonlikning vujudga kelishini ta’minlaydi.
O‘spirinlarda shaxsiy faoliyatni tashkil etishda mustaqillikka intilish yaqqol ko‘zga tashlanadi, bu esa ularda ijtimoiy, xulqiy munosabatlar mazmunini o‘zlashtirishda ijtimoiy faollik ko‘rsatish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Ularning o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish organlari, jamoatchilik tashkilotlari faoliyatidagi ishtiroki ana shu ehtiyojni qondirish yo‘lida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
O‘spirinlarning ilm-fan, siyosat. texnik. sport, san’at olami bilan bog‘liq qiziqishlari darajasini inobatga olib, ommaviy axborot vositalari sahifalarida yoritilgan. yuqorida qayd etilgan sohalarga oid ijtimoiy mazmundagi axborot, eshittirish va ko‘rsatuvlar tayyorlash o‘quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirishda yaxshi samara beradi. O‘spirinlardagi qiziqishni inobatga olgan holda ijtimoiy mazmundagi, xususan, «Biznes faoliyatini tashkil etishning ma’naviy asoslari», «Oldi-sotdi munosabatlarning axloqiy negizlari», «Yoshlar jinoyatchiligi va uning oqibatlari» «XXI asrga narkotiklarsiz qadam tashla!», «Sening huquqiy burchlaring», «Yoshlar ijtimoiy mehnatini tashkil etish shartlari», «Nikoh – muqaddas bitim», «Tabiatni muho- faza qilishning ma’naviy asoslari», «Terrorizm – mudhish jinoyat», «Qonuniy harakat va harakatsizlik nima?» kabi mavzularda ma’ruza va seminarlar tashkil etish, mustaqil ravishda ijtimoiy adabiyotlar bilan ishlashga o‘rgatish, noaxloqiy xatti-harakatlar va uning oqibatlari xususida davra suhbati, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan uchrashuv va anjumanlar o‘tkazish, shuningdek, ijtimoiy mavzudagi kinofilmlar namoyish etish g‘oyat muhimdir.
O‘spirin yoshida o‘quvchilar o‘zlari uchun ideal tanlashga inti- ladilar. Ushbu istakni rag‘batlantirish maqsadida ular o‘rtasida adolat, erk, odillik timsoli bo‘lgan, elu yurt tinchligi, vatan xavfsizligi yo‘lida qurbon bo‘lgan kishilar to‘g‘risidagi ma’lumotni berishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish, o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini shakllantirish yo‘llaridagi muhim omil bo‘ladi. O‘z ideallari shaxsidan namuna o‘zlashtirish o‘spirinlarda ijtimoiy mas’ullik xislatlarining shakllanishiga. jamiyatda erk va adolat. Qonun ustuvorligiga erishish uchun kurash g‘oyalariga sodiqlik hissining uyg‘onishiga olib keladi.
O‘spirin yigit-qizlarda bir-birlariga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi, ikki jins orasidagi do‘stlik-o‘rtoqlik tuyg‘ularini shakllanishiga zamin hozirlaydi. Ba’zi o‘spirinlarning do‘stligi zamirida haqiqiy sevgi-muhabbat qaror topadi. Shu sababli, ularda oila va nikoh masalalariga nisbatan jiddiy munosabatni tarkib toptirish, voyaga yetmaganlarning nikohga kirishlari, shuningdek, ular o‘rtasidagi jinsiy yaqinlikning oldini olish maqsadida, ular orasida oila va nikohning ma’naviy asoslari borasidagi targ‘ib ishini kuchaytirish, bu borada o‘ta ehtiyotkorona yondashuvni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
O‘spirinlarning barcha intilishlari muayyan maqsad bilan bog‘lanadi. Ularning ko‘pchiligi yaxshi xulqli inson bo‘lish, vatanga, xalqqa xizmat qilishga intiladi. Ammo, ayrim o‘spirinlar nosog‘lom muhit ta’siriga tushib qoladi, natijada ular shaxsiy manfaatlarini hamma narsadan ustun qo‘ya boshlaydi. Ularning xarakteridagi bu kabi salbiy holatlarining oldini olish uchun tarbiya ishida o‘spirinning ijobiy fazilatiga tayanib ish ko‘rish, ularga ishonch bildirish, ularni qo‘llab-quvvatlash samarali natija beradi. O‘spirinlarga axloqiy-huquqiy me’yorlar mohiyatini to‘g‘ri anglatish, ularning shaxs erki va huquqlarining kafolatli ekanligiga ishonch hosil qilishlarini ta’minlash, fuqarolik erkinliklari o‘spirin uchun ijtimoiy hayot- da o‘z o‘rnini topa olish garovi ekanligiga ishonch hosil qilishlarini ta’minlash, axloqiy-me’yorlar mohiyatini to‘g‘ri talqin etishlari- ga erishish mazkur yosh vakillari hayotining ayanchli, fojiaviy yakun topmasligiga olib keladi.
O‘spirin shaxsining rivojlanishida jamoa muhim o‘rin tutadi. Jamoa o‘spirinni o‘ziga jalb etar ekan, uning fikri o‘spiringa nisbatan ko‘rsatilayotgan e’tibori katta ahamiyatga ega. Shu sababli, sinfdan tashqari sharoitda tashkil etilayotgan ijtimoiy mazmundagi tarbiyaviy tadbirlarni jamoa ishtirokida tashkil etish. O‘quvchilarning birgalikdagi harakatlari kuchiga tayanib, o‘spiringa ta’sir ko‘rsatish yaxshi natijalar beradi. Shuningdek, o‘spirin shaxsiga katta yoshdagi, tajribali hamda bilimdon kishilar muloqotiga intilishi kabi xususiyatni inobatga olib. ana shunday kishilar bilan uchrashuvlar. Suhbatlar tashkil etish lozim. Huquqiy tadbirlarni uyushtirishda jamoaning bu boradagi imkoniyatini hisobga olish ko‘p foyda keltiradi.
O‘spirin o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy bilimlarni targ‘ib etishda erkin muloqot, bahs tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki ular o‘z fikrlarini ilgari surish, uni himoya qilish layoqatlarini namoyon etishga intiladi. Ular ham o‘smirlar kabi gohida fikrlari to‘g‘ri, asosli bo‘lmasa-da, unda qat’iy turib olishga urinadi. Ushbu kamchi- likka barham berish maqsadida sinf rahbari, o‘qituvchilar tomonidan o‘spirin fikri, uning pozitsiyasini diqqat bilan kuzatish. tahlil qilish hamda o‘spiringa o‘z vaqtida yordam berishga urinish – eng maqbul pedagogik chora hisoblanadi.
3.4. Barkamol shaxs tarbiyasining ma’naviy-ma’rifiy asoslari. Shaxs kamolotining yoshlar dunyoqarashidagi ahamiyati
Ma’lumki, barkamol avlodni tarbiyalash g‘ovasi ham milliy, ham umuminsoniy xarakterga ega bo‘lib, U bashariyatni ma’naviyat va ma’rifatga, ezgulik va yuksaklikka olib boruvchi komillik sari yo‘ldir. Shu sababli ham insoniyat paydo bo‘libdiki, tarbiya masalasi kishilar, oilalar, jamoalar, davlatlar oldida muhim muammo bo‘lib kelmoqda va ular ko‘p variantli yo‘llar, vositalar bilan turlicha shakllarda, uslublarda amalga oshirilmoqda.
Aslida bola tarbiyasi ona qornidaligi paytidayoq boshlanmog‘i lozim. Shu sababli ham jismonan baquvvat, ma’nan yetuk insonlar doimo ulug‘lanib kelingan va hattoki. Jismonan baquvvat insonlarga polvon hamda jismonan, ma’naviy yetuk insonlarga pahlavon deb nom berilgan.
Insonni ezgulik sari yetaklash haqidagi ta’limotlar muqaddas kitoblarimiz (Qur’oni Karim, Hadisi sharif, Avesto va shu kabilar)da doimo ulug‘lanib kelingan.
Barkamol shaxsni tarbiyalash, o‘zining ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy-uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab va mas’uliyatli dinamik jarayondir.
Mustaqillik xalqimizning turmush tarzini, ya’ni umr mazmunini belgilash imkoniyatini berdi va ular milliyligimizga xos turmush kechira boshladi. Bunda Prezident tomonidan olib borilayot- gan milliy davlat siyosati asosiy omil bo‘ldi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tomonidan 2008-yilning «Yoshlar уiIi» va 2010-yilning «Barkamol avlod yili» deb e’lon qilinishi hamda ushbu yillar bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishlarning qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama yetuk, jismonan va ma’nan sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashni maqsad qilib, belgilab berdi. Bunda «Sog‘lom hayot», «Sog‘lom turmush tarzi», «Sog‘lom avlod», «Sog‘lom millat», «Sog‘lom e’tiqod», «Sog‘lom xalq», «Sog‘lom ong», «Sog‘lom muhit», «Barkamol avlod», «Komil inson» va shu kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati ifodalanib, hozirda xalqi- miz turmush faoliyatining asosiga aylana boshladi. Bular Vatanimiz ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini yuksaltirishda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Xalq sog‘lom turmush tarzi muhiti yaratilganligini quyidagi omillar orqali anglash mumkin:
– milliy qadriyatlarga sadoqat ruhining mavjudligi;
– jamiyatdagi tinchlik, xotirjamlikni saqlashga ongli munosabat-
ning mavjudligi;
– tinch va farovon hayot yaratishga intilish;
– ijtimoiy ma’naviyatni yuksaltirishga intilish;
– sihat-salomatlik («Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Uni- versiada» va boshqa shu kabi respublika miqyosidagi musobaqalar) masalalarining doimiy ravishda davlat va jamiyat e’tiborida turishi;
– sog‘lom muhitning har bira’zosi o‘zsog‘ligi haqida qayg‘urishni kundalik vazifasi deb bilishligi va boshqalarni ham ushbu yo‘nalishga da’vat eta olish qobiliyatiga egaligi;
– sog‘lom muhit a’zosi o‘z qadriga yetishni bilsin, ya’ni bunda «Kecha – > Bugun —> Ertaga» degan tizim asosida fikr yurita olishi;
– sog‘lom muhitning har bir a’zosi ortiqcha, reaksion, mantiqsiz fikrlardan xoli boimog‘i lozim, ya’ni ular ongida g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lmasligi lozim.
Bu omillar inson ongi, dunyoqarashi va munosabatlarini muntazam ravishda takomillashib borishini baholay olish imkoniyatini beradi. Bunda «Kecha – > Bugun—> Ertaga» tizimining uzluksizligi va uzviyligi bor. Bu yerda «Kecha» so‘ziga o‘tmishdagi boy merosimiz haqidagi ma’lumotlar to‘g‘ri keladi, ya’ni buyuk qomusiy olimlarimiz va hadis ilmi sohiblarining ijodi, faoliyatini ibrat- namuna qilib ko‘rsatish hamda tarixiy-badiiy adabiyotlardagi, jumladan, «Alpomish». «Go‘ro‘g‘li», «Avazxon» va boshqa dostonlardagi botir pahlavonlarning odamiyligi, insonparvarligi, mehnatkashligi, do‘stlik va muhabbatga sadoqatlari ham shu yo‘nalishdagi ma’lumotlardir.
Yuqoridagi tizimning «Bugun» so‘ziga barkamol avlod tarbiyasiga hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘ri keladi. Jumladan, «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Davlat ta’lim standartlari», «O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limini tubdan isloh qilish», «O‘rta umumiy ta’limni rivoj lantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi tadbirlarning qabul qilinishi, shuningdek, yoshlarimizga bugungi kunda rivojlangan xorijiy davlatlarda o‘z intellektual salohiyatini rivojlantirib kelishiga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda turli yoshlarimiz kamolotiga mos sport musobaqalarining tashkil etilishi yoshlarimizning har tomonlama kamol topishiga keng imkoniyatlardir.
Hozirgi kundagi yoshlarimizda o‘z ma’naviy yetukligini oshirish yo‘lida keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar mavjud. Shu sababli ham ularning zimmasida o‘zlarini ma’naviy sog‘lom qilish evaziga jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yanada yuksaltirishga muhim hissa qo‘shishdek muqaddas burch turibdi. Ana shundagina bugungi yoshlarimizning kamoloti va unga mos dunyoqarashi muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib boradi. Bu o‘z navbatida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot yaratuvchilarining ongli a’zolarini tay- yorlashni kafolatlaydi.
Mavzularni miistahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. «Shaxs» tushunchasiga ta’rif bering.
2. «Shaxsning rivojlanishi» deganda nimani tushunasiz?
3. Shaxsni rivojlantiruvchi asosiy omillar nimadan iborat?
4. Shaxsning shakllanishiga muhit qanday ta‘sir ко‘rsatadi?
5. Shaxsning rivojlanishida tarbiyaning rolini tushuntiring.
6. Bola shaxsining yosh davrlari qanday guruhlarga bo‘linadi?
7. Nima uchun o‘smirlik davr ini «bola shaxsi rivojlanishining murakkab davri» deyiladi?
8. О‘smirlik davrida bola shaxsining rivojlanish jarayonini izohlang.
9. Barkamol shaxs tarbiyasi deganda nimani tushunasiz?
10. Barkamol avlod tarbiyasini amalga oshirish bosqichlarini tushuntiring.
11. Barkamol shaxs tarbiyasida g‘ovaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik nimani anglatadi?
12. Barkamol shaxs tarbiyasining та‘naviy-marifiy asoslarini izohlang.
Test savollari 1. Shaxs bu…
A) Ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli ongli faoliyatning subyekti bo‘lmish induvid
B) Ongli mavjudot
D) Nutqi va ongli rivojlangan insonlar
E) Hamma javoblar to‘g‘ri
2. Shaxsning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar…
A) Biologik omil, muhit, tarbiya
B) Inson faoliyatini boshqarish
D) Tarbiya
E) Biologik omil, muhit
3. Go‘daklik davriga qaysi davr kiradi?
A) Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davr
В) Chaqaloqlik, tug‘ilgandan to bir yoshgacha bo‘lgan davr
D)Maktabdagi tarbiya yoshi
E)Barcha javoblar to‘g‘ri
4. Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davri qanday davr deb ataladi?
A) Bolalik davri
B) Maktabgacha tarbiya davri
D) o‘smirlik davri
E) Balog‘at davri
5. «Inson tarbiya predmeti sifatida» asarining muallifi kim?
A) Yan Komenskiy
B) Ushinskiy
D) Yusuf Xos Hojib
E) Abdulla Avioniy
6. «Individ» so‘zining ma’nosi…
A) Yagona. bo‘linmas, yarim shaxs
B) Yagona go‘dak
D) Shaxs
E) Bo‘linmas
7. Faoliyat bu…
A) Rejani yoki uni amalga oshirishdagi muayyan bosqichlar
B) Rahbarning boshqa odamlarga, jamoaga, jamiyatga muno- sabati
D) Emperik bilimlar to‘plami
E) Insonning muhit bilan o‘zaro munosabati
8. Shaxs madaniyatining asosiy jihatlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Siyosiy, demokratik, huquqiy madaniyat
B) Iqtisodiy va mehnat madaniyati, aqliy, axloqiy
D) Ekologik, badiiy va jismoniy madaniyat, muloqot madaniyati va oilaviy munosabatlar madaniyati
E) Yuqoridagilarning hammasi to‘g‘ri
9. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar…
A) Odob-axloq, tarbiya
В) Muhit, ta’lim
D) Irsiyat, tarbiya
E) Irsiyat, muhit, ta’lim va tarbiya
10. «Irsiyat» deganda nimani tushunasiz?
A) Odam shaxsining va xulqining rivojlanishi
B) Biologik omillarning ta’siri
D) Ota-ona, ya’ni yaqin ajdodiardan avlodlarga o‘tadigan biologik xususiyat
E) Hamma javoblar to‘g‘ri
11. Shaxsning o‘ziga va dunyoga nisbatan inunosabatlaridagi xatti-harakatlarning belgisi – uning…
A) Intizomi
B) Tarbiyasi
D) Odob-axloqi
E) Bilimi
12. Shaxs rivojlanishining muhim davri yoshlik yillari, (talabalik yillari) nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?
A) 14–15 yoshdan 17-18
B) 17 yoshdan 21 yoshgacha
D) 16–18 yoshdan 17-18
E) 17–18 yoshdan 24–25 yoshgacha
13. Ideal tarixiy shaxs obrazi berilgan qatorni aniqlang.
A) Navoiyning ideali – Farhod obrazi
B) Oybekning «Navoiy» romanida esa Navoiy obrazi – ideal obraz
D) Xalqimiz qahramoni Alpomish
E) Javoblarning barchasi to‘g‘ri
14. Bolalardagi o‘ziga xoslikni, ularning ruhiy jarayonlarining turlicha bo‘lishini qaysi omillar belgilaydi?
A) Biologik omil, ijtimoiy omil
B) Obyektiv omillar, ijtimoiy omillar
D) Axloqiy omillar, biologik omillar
E) Biologik omil, ijtimoiy omil, ta’lim-tarbiya
15. Bola shaxsining rivojlanish davrlari qaysi qatorlarda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Tug‘ilgandan to bir yoshgacha bo‘lgan bolalik davri
B) 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davr va maktabgacha tarbiya yoshi davri
D) Kichik maktab. O‘smirlik va o‘spirinlik davri
E) Yuqoridagilarning hammasi
16. Irsiyat, muhit, ta’lim-tarbiya qanday omillar sirasiga kiradi.
A) Jamoatni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar
B) Shaxsni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar
D) Shaxsni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar
E) Bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi omillar
Oz narsaga qanoat qilgan odam davlatmanddir, negaki bunday qanoat uning ma’naviy boy ekanligidan dalolat beradi.
Suqrot
О проекте
О подписке
Другие проекты
